Eron Majlisi (parlamenti)ning sobiq deputati va taniqli ayollar huquqlari faoli Faeze Xoshemi-Rafsanjoniy hukumatga qarshi namoyishlarni qo‘zg‘atganlikda ayblanib, besh yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Fars Haber” axborot agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, Islom Respublikasi sobiq prezidenti Ali Akbar Xoshemi-Rafsanjoniyning (1934-2017 yillar) qizi 27 sentyabr kuni hibsga olingan edi.
Xoshemi-Rafsanjoniy noqonuniy yig‘ilishlarda qatnashgani uchun avval ham bir necha bor sudlangan. 2009 yilda u besh yilga siyosiy, madaniy va ma’rifiy faoliyatdan chetlashtirilgandi.
2011 yilda faol islohotchilar harakati yetakchisi Mir Huseyn Musaviyni qo‘llab-quvvatlagan mitingda nutq so‘zlagani uchun qamoqqa tushgan edi. 2017 yilda u Eron hukumati amaldorlarga nisbatan tuhmat ma’lumotlar tarqatgani uchun olti oylik qamoq jazosiga hukm qilinadi.
O‘tgan yilning mart oyida faol 15 oylik qamoq jazosiga hukm qilingani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Qo‘shimcha jazo sifatida sobiq deputat ikki yilga ijtimoiy tarmoqlardagi har qanday faoliyatdan chetlashtirilgandi.
O‘zA