Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, professor Anvar Alimov boshchiligidagi shifokorlar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Ko‘rik davomida mahalliy shifokorlar uchun mahorat darslari tashkil etildi, jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.

– Har kuni 50 dan ortiq bemor tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Tashxisi og‘ir ikki nafar bemor operatsiya qilindi, – deydi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi jarrohlik  bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi N.Alimjanov. – Ushbu tadbirlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad chekka qishloqlarda istiqomat qiluvchi bemorlarga amaliy yordam ko‘rsatishdir.

Qandli diabet, uning klinik ko‘rinishi, profilaktikasi, oldini olish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan muloqot va uchrashuvlarda soha mutaxassislari o‘zaro tajriba almashildi.

 

Anvar Nasirlayev, O‘zA