Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan boshlab tabiiy monopoliya sub’ektlari, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar komplayens tizimini joriy etishi belgilangan.

Shuningdek, so‘ngi uch yilda tovar sotishdan olingan jami tushumining o‘rtacha yillik miqdori 30 milliard so‘mdan oshadigan korporativ buyurtmachilarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish belgilangan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ma’lum qilishicha, qo‘mita tomonidan o‘tgan yilda 50 ta korxona va tashkilotda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy qilgan. Jumladan, 15 ta tabiiy monopoliya sub’ektlarida, 28 ta tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda, 7 ta korporativ buyurtmachi hisoblangan davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatida Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy qilindi.

 

O‘zA