Janubiy Afrika Respublikasi 1 yanvardan boshlab BRIKS guruhi (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika) raisligini Xitoydan qabul qilib oldi.

“Janubiy Afrika BRIKSga a’zolikni yuksak qadrlaydi va uning 2023 yil oxirigacha davom etadigan raisligi davomida dunyodagi mazkur nufuzli davlatlar guruhining samarali faoliyatini qo‘llab-quvvatlash niyatida”, dedi TASS agentligiga Janubiy Afrika vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Afrika o‘z raisligining ustuvor yo‘nalishlarini BRIKSga a’zo davlatlarning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy hamkorligini mustahkamlashda ko‘radi.

Janubiy Afrika Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Kleyson Monela “joriy yilning avgust oyida Afrikada BRIKS davlatlari rahbarlarining sammiti o‘tkazilishi rejalanmoqda”, deb ma’lum qildi.

2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy guruhini tuzdilar. 2011 yilda Janubiy Afrika unga qo‘shildi va u BRIKSga aylandi.

O‘zA