Rossiya Federatsiyasidagi F.M.Dostoyevskiy nomidagi Omsk davlat universiteti rektori, professor S.Zamyatin va Omsk ta’lim vaziri T.Dernova Navoiy davlat pedagogika institutiga keldi.

Uchrashuvda viloyat hokimi o‘rinbosari Ya.Dushanov, viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi rahbari F.Ro‘ziqulov va institut rahbariyati, kafedra mudirlari tomonidan oliygohda yoshlarni zamon talablari asosida bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, ilmiy salohiyat, darslik va o‘quv qo‘llanmalari haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish, talabalar, pedagoglar almashinuvini ta’minlash, hamkorlikda anjumanlar, konferensiyalar o‘tkazish  bo‘yicha o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ayni vaqtda Navoiy davlat pedagogika instituti o‘ndan ortiq xalqaro universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.

 

A.Bo‘riyev, O‘zA