Olimlar tunda ham energiya ishlab chiqaradigan noodatiy quyosh panelini yaratdi

Kunduzi Yerga tushadigan quyosh energiyasining katta qismi tunda radiatsiya kabi koinotga qaytariladi. Ushbu hodisa paytida Yer yuzasidagi ob’ektlar atrofdagi havodan sovuqroq bo‘ladi va muhandislar bundan foydalanishga qaror qilishdi. Tadqiqotchilar bir necha daraja harorat farqini asos qilib olishdi va tunda energiya ishlab chiqaradigan termoelektr generatorini ishga tushirishdi. Natijada Stenford universiteti olimlari o‘rnatilgan termoelektr generatoriga ega quyosh panellari loyihasini loyihalashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu shunga o‘xshash ishlanmalardan taxminan 10 baravar yuqori. Anchayin takomillashtirilgan panel bilan olib borilgan tadqiqotlar bulutsiz tunlarda yaxshi natijalarni ko‘rsatmoqda. Quyosh batareyasining har kvadrat metridan 50 MVt energiya ishlab chiqariladi. Dizaynni optimallashtirish va boshqa yaxshilanishlar orqali tungi quvvatni kvadrat metrga 1-2 vattgacha oshirish mumkin. Bu zahira qorong‘uda “zaif” elektr jihozlarining ishini qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli. Kun davomida quyosh panelining kvadrat metri taxminan 150 vattgacha elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Tungi ishlab chiqarishni kunduzgi ishlab chiqarish bilan taqqoslab bo‘lmaydi, albatta. Fiziklar ko‘p yillar davomida quyosh elektr stansiyalarida tunda zaryad yetishmasligini qandaydir tarzda tuzatish uchun tungi energiyaning samarali yechimini topishga harakat qilib kelishardi. Hozirgacha taklif etilayotgan yechimlar juda past unumdorlikka ega edi, deb yozadi extremetech. Kechasi kvadrat metrga 1 vatt bo‘lgan mukammal yutuq kelajakdagi rivojlanish uchun katta umid uyg‘otadi, deydi olimlar.

Okeanlar tubida minglab viruslar aniqlandi

Uчyeныye обнарuжiлi в okeanye почтi 200 тысяч вiдов virusов

Olimlarning olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, okeanlarda 5000 dan ortiq yaxshi  o‘rganilmagan yoki ilgari noma’lum bo‘lgan virus turlari aniqlandi. Tara Oceans Consortium konsorsiumi dunyo okeanining 121 nuqtasidan 35 000 ta suv namunasini tahlil qildi. Ular RNKni genetik material sifatida ishlatadigan viruslarni izlashdi, deb yozadi  Live Science.

Umuman olganda, RNK viruslarining 5500 ga yaqin turi aniqlangan. Ulardan ba’zilari allaqachon mavjud bo‘lgan beshta tasnifga tegishli edi, ammo tadqiqotchilar Taraviricota, Pomiviricota, Paraxenoviricota, Wamoviricota i Arctiviricota deb atagan yangi kashfiyotlarni ham qilishgan.

Masalan, Taraviricota tipidagi viruslar ayniqsa mo‘’tadil va tropik suvlarda ko‘p bo‘lsa, Arctiviricota tipidagi viruslar Shimoliy Muz okeanida keng tarqalganligi aniqlangan. Dunyodagi taniqli RNK viruslari orasida gripp, Ebola va COVID-19 bor, ammo ularning barchasi “yer yuzidagi RNK viruslarining kichik bir qismidir”, deydi Ogayo shtati universiteti mikrobiologiya professori Metyu Sallivan.

Shuni ham ta’kidlash joizki, DNK viruslari bilan solishtirganda, RNK viruslari yaxshi tushunilmagan. RNK viruslarini aniqlash va tahlil qilish plankton deb nomlanuvchi kichik suv organizmlaridan olingan genetik ketma-ketlikni o‘rganish tufayli amalga oshirildi. Olimlar barcha RNK viruslarida uchraydigan RdRp deb nomlangan qadimiy genni tahlil qilishdi. ” RdRp  eng qadimiy genlardan biri bo‘lishi kerak – u DNKga ehtiyoj paydo bo‘lishidan oldin mavjud edi”, deydi Ogayo shtati universiteti mikrobiologi Ahmad Zayed.

“Shunday qilib, biz nafaqat viruslarning rivojlanishini kuzatmoqdamiz, balki Yerdagi hayotning kelib chiqishini ham o‘rganmoqdamiz”, deydi u.

Dunyodagi eng ulkan aysbergning taqdiri nima bo‘ldi? 

Саmыye крuпныye aysbergi в miрye ( спiсок + ФОТО )

A-68 aysbergining to‘rt yillik qissasi nihoyasiga yetdi, ammo uning atrof-muhitga ta’sirini olimlar  hali ham baholash bilan ovora. A-68   bu 2017-yil iyul oyida Larsen Icye Shelf C dan chiqib ketgan aysberg hisoblanadi. Uning maydoni 5800 km² edi, bu Lyuksemburg hududidan ikki baravar katta, massasi esa bir trillion tonna keladi. A-68 sayyoradagi eng katta etilgan aysberglardan biri sifatida qayd etilgan, deb yozadi  New Atlas.

2020 yil boshiga kelib, aysberg shimolga Drake dovoni ochiq suvlariga suzishni boshladi va asta-sekin parchalanib ketdi. Aysbergning A-68A deb nomlangan eng katta qismi Janubiy Jorjiya oroli bilan to‘qnashuv kursida edi. Qo‘rquv shundaki, aysberg sayoz dengiz tubida qolib, u yerda o‘n yilgacha turib qolardi va orolda yashaydigan morjlar va pingvinlarning oziqlanish va ko‘payish tartibini buzadi.

Xayriyatki, aysberg Janubiy Jorjiyadan okean ichiga suzib ketdi va  mayda bo‘laklarga bo‘lindi. 2021 yil apreliga kelib, mazkur aysbergning parchalari juda kichrayib qolgandi.

Yangi tadqiqotda besh xil sun’iy yo‘ldosh missiyasi ma’lumotlaridan vaqt o‘tishi bilan aysberg maydoni va qalinligidagi o‘zgarishlarni xaritalash uchun foydalanilgan. Jamoa Copernicus Sentinel-3 va Terra hamda Sentinel-1 radarilarining optik tasvirlari yordamida aysbergning o‘zgaruvchan maydonini hisoblab chiqdi.

CryoSat i ICESat-2  missiyalari aysbergning dengiz sathidan balandligini o‘lchashga yordam berdi. Ushbu ma’lumotlardan ob’ektning qalinligini aniqlash va maydon o‘lchovlari bilan birlashtirilganda uning butun hajmini hisoblash mumkin. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, A-68A Janubiy Jorjiya atrofidagi sayoz suvlarga yetib borgach, u dengiz tubida qolib ketishdan deyarli qochgan. U yerning chuqurligi taxminan 150 m. Shuningdek, A-68A Janubiy Jorjiya yaqinidagi dengizga taxminan 152 milliard tonna chuchuk suv tashlaganligi taxmin qilingan. Buning oqibatlari qanday bo‘lishi hozircha noma’lum. Ammo bu okeandagi suvning aylanishiga, planktonlarning paydo bo‘lishiga va mintaqadagi ko‘plab hayvonlarning ovqatlanish odatlariga ta’sir qiladi degan fikr bor.

Dunyo okeanlari sathi ko‘tarilsa, shaharlar taqdiri nima bo‘ladi

Uйдuт под водu: uчёныye prognoziрuют затоплyeнiye доmов пятi miллiонов чyeловyeк  в Европye — РТ на рuсскоm

Ha, okean sathi ko‘tarilsa, ba’zi joylar Yer yuzidan deyarli yo‘q bo‘lib ketadi, u erda yashash imkonsiz bo‘ladi. Global isishning bir qismi sifatida haroratning atigi 3 darajaga  ko‘tarilishi Sankt-Peterburgning markazini Venetsiya ko‘chalariga aylantiradi.

Agar qazib olinadigan yoqilg‘ilarning yonishi natijasida atmosferaga chiqadigan issiqxona gazlari kamaymasa, Ermitaj, kelajakda o‘ziga xos suvli qabrga aylanishi mumkin.

Okean sathi ko‘tarilsa, dunyoning boshqa qator shaharlarini  ham shunday qismat kutadi. Ba’zilari tom ma’noda afsonaviy Atlantidaga aylanadi

Climate Central notijorat huquqni himoya qilish guruhi tomonidan nashr etilgan maqolada keltirilishicha, Yerdagi haroratning oshishi ortidan Jahon okeanining sathi ko‘tarilsa, turli shaharlar va unutilmas joylar bilan nima bo‘lishini tasavvur qilish qiyin bo‘ladi. Sayyoramizning  isishi okeandagi iliq suvlarni ko‘paytiradi. Muzliklar va muz qatlamlari erishi natijasida suv sathi ko‘tarilib, sayyoramizning hozir qurib qolgan joylarini suv bosadi. Hatto, haroratning  1,5 darajaga isishi ham odamlarni halokatli suv toshqinlariga duchor qilishi mumkin. Afsuski, dunyo hamon isib bormoqda. Agar hzirdan zarur choralar ko‘rilmasa 79 yildan keyin Yer yuzida harorat 3 darajaga isishi mumkin. Tabiiyki, eng birinchi qurbonlar sohil bo‘yidagi tropik mintaqalar bo‘ladi. Ular  suv sathi ko‘tarilishining eng ekstremal ta’siriga duch keladi. Kichik past orollar ham xavf ostida qoladi, ularning ekologik holatiga va tabiiy resurslariga jiddiy ta’sir qiladi. Xullas, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va sohilbo‘yi hududlarda yashash va ishlash xavfi tez orada haqiqatga aylanishi  mumkin.

Olimlar 2100 yilga borib dengiz jonivorlari ommaviy qirilib ketishi mumkin, demoqda

Морскiye обitaтyeлi mогuт iсчyeзнuть к 2100 годu. Uчyeныye назvaлi прiчiнu | РБК  Life

Afsuski, bu sayyoramizdagi hayotning rivojlanishi uchun eng yomon ssenariy bo‘ladi. Mazkur fojeaali jarayonni issiqxona gazlari chiqindilarining ko‘payishi boshlab beradi.

Nyu-Jersi olimlari yangi tadqiqotda issiqxona gazlari emissiyasi dengiz hayotining dinozavrlar davridan beri ko‘rilmagan darajada yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkinligini aytishmoqda, deb yozadi Daily Mail nashri.

Tadqiqotchilar turli prognoz qilingan iqlim ssenariylari doirasida dunyoning barcha okeanlarida jonivorlarning yo‘q bo‘lib ketish xavfini modellashtirishdi. Ular emissiya ko‘payishi bilan tropik suvlarda biologik xilma-xillikning yo‘qolishi  ortishini, qutbli turlar esa yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida ekanligini aniqlashdi. Shunga qaramay, olimlar noumid bo‘lishmayapti: “Biz aniqlagan yo‘q bo‘lib ketish ko‘lami, biz kelajakda qancha karbonat angidridni chiqarishimizga bog‘liq. Bizda emissiya trayektoriyasini o‘zgartirish va kutilayotgan ommaviy yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan isish darajasini oldini olish uchun hali etarli vaqt bor, deydi Prinston universitetining geofanlar bo‘limi olimi Jastin Penn.

Suv harorati va kislorod mavjudligi inson faoliyati tufayli iqlim isishi bilan o‘zgaradigan ikkita asosiy omildir. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish dengiz hayotining yo‘q bo‘lib ketish xavfini 70 foizdan ko‘proq kamaytirishi mumkin. Ilgari, Climate Central notijorat huquqni himoya qilish guruhi global isish va muzning erishi tufayli dengiz sathi ko‘tarilganidan keyin shaharlar qanday o‘zgarishini aytib berishga uringan edi. Agar insoniyat iqlim muammosini hal qilmasa, bu keyingi yuz yil ichida shaharlar bilan yuz beradigan fojea bo‘ladi, deydi ular.


Internet materiallari asosida Saidmurod Rahimov tayyorladi, O‘zA