CentralAsia. Toshkentdagi AQSH elchixonasida O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmoprognoz monitoring respublika markaziga qariyb 1 ming kilogrammga yaqin uskunalar taqdim etildi.

Diplomatik vakolatxonaning matbut xizmatidan ma’lum qilishlaricha, Seysmoprognoz monitoring respublika markazi Kaliforniya universiteti hamda seysmologiya bo‘yicha tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda yaqin oylarda Jizzax viloyatining Qorasoy shahrida doimiy seysmik stansiya o‘rnatadi. Kaliforniya universiteti va NSF jamg‘armasi seysmik ma’lumotlarni yozib olish uchun uskunalarni stansiyaga o‘rnatishga yordam ko‘rsatadi hamda stansiyadan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qiladi.