Avval xabar qilinganidek , Prezident sovrini uchun joriy yilda o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etgan 70 nafar o‘quvchi va ularning 14 nafar ustozlariga Buyuk Britaniya davlatiga ta’lim sayohatiga borish uchun maxsus yo‘llanmalar berilgan edi. Bugun mazkur rag‘batga ega bo‘lgan o‘quvchilar va ularning ustozlari ta’lim sayohati uchun Buyuk Britaniyaga yo‘l olishdi .

Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Prezident sovrini uchun 2022-2023 o‘quv yilida o‘tkazilishi belgilangan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanloviida ishtirok etish istagida bo‘lgan maktablardan arizalar qabul qilinishi davom etmoqda.

Mazkur turdagi arizalar 2022 yil 31 dekabrga qadar axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

Tuman(shahar) bosqichida g‘olib bo‘lgan maktablar tuman hokimligi tomonidan:

1-o‘rin – 100 million so‘m;

2-o‘rin – 75 million so‘m;

3-o‘rin – 50 million so‘m.

Viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan maktablar viloyat hokimligi tomonidan:  

1-o‘rin – 250 million so‘m;

2-o‘rin – 200 million so‘m;

3-o‘rin – 150 million so‘m.  

Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan maktablar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan:

1-o‘rin – 500 million so‘m;

2-o‘rin – 400 million so‘m;

3-o‘rin – 300 million so‘m

Umumiy natijaga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan maktablar ballar ketma-ketligiga ko‘ra 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sifatida belgilanadi.

O‘zA