Sotuvga qo‘yilgan ushbu hajmdagi AI-80 avtobenzinning 5000 tonnasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi va 1250 tonnasi “Sanoat Energetika Guruhi” MCHJ XK hissasiga to‘g‘ri keladi.

15 dekabr kuni esa neft bazalari orqali iste’molchilarga jami 5908 tonna AI-80 avtobenzin tarqatildi. Xususan, bu Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 251 tonna, Toshkent shahri va viloyatiga 3164 tonna, Andijonga 108 tonna, Buxoroga 176 tonna, Jizzaxga 179 tonna, Qashqadaryoga 223 tonna, Navoiyga 238 tonna, Namanganga 391 tonna, Samarqandga 252 tonna, Surxondaryoga 370 tonna, Sirdaryoga 193 tonna, Farg‘onaga 45 tonna va Xorazm viloyatiga 318 tonnani tashkil etdi.

2022 yil 16 dekabr holatiga ko‘ra, «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi neft bazalar va neftni qayta ishlash zavodlarida 42,1 ming tonna va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida 2 ming tonna avtobenzin qoldiqlari mavjud.

Neftni qayta ishlash zavodlarida 97,5 ming tonna xomashyo zaxirasi yaratilgan.

O‘zA