Turkiya janubi-sharqida 150 million barrel toza neft zaxirasiga ega kon topildi, deya xabar bermoqda “Anadolu” agentligi Prezident Rejep Toyyib Erdog‘anning hukumat yig‘ilishidan keyingi bayonotiga tayanib.

— Turkiya mamlakat janubi-sharqidagi Shirnak viloyatida, Gabar tog‘i hududida qiymati, taxminan, 12 milliard dollarga teng 150 million barrel sof neft zaxirasini aniqladi, — dedi davlat rahbari. — Bu quruqlikdagi eng yirik o‘nta konning biri.

Iyun oyida Erdog‘an Adana viloyatidagi ikkita quduqda milliard dollarlik yuqori sifatli neft zaxirasi topilganini ham e’lon qilgandi.