Bishkek shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida ishtirok etgan Rossiya Federatsiyasi yetakchisi Vladimir Putin dunyoda yangi tahdidlar paydo bo‘layotganini, ko‘p qutbli dunyo rivojlanishida siljishlar yuz berayotganini ta’kidladi.
Kreml saytida SHHT va MDHga a’zo davlatlar mudofaa vazirliklari rahbarlarining yig‘ilishi ishtirokchilariga tegishli videomurojaat e’lon qilingan.
Putinning fikricha, ushbu majlis o‘z vaqtida o‘tkazilayotgani bilan ahamiyatli. U, shuningdek, SHHT va MDH doirasidagi qo‘shma ish o‘zaro hurmat, manfaatlarni hisobga olish asosida, birinchi navbatda, tashqi tahdidlardan himoya qilish, o‘zaro manfaatli va barqaror hamkorlikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni muvaffaqiyatli hal etish imkonini berishini qayd etgan.
– bugungi kunda keskin muammolar yuzaga kelmoqda, – dedi Rossiya rahbari. – Kuchli geosiyosiy siljishlar ro‘y berayotgan bir paytda ko‘z o‘ngimizda chinakam ko‘p qutbli dunyo tartibi, jumladan, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasida yangi taraqqiyot markazlari shakllanmoqda. Ular milliy manfaatini, suverenitetini, o‘z taraqqiyot yo‘lidan borish huquqini tobora ko‘proq himoya qilmoqda. Tarixning bu ob’ektiv jarayonlariga qarshilik ko‘rsatishning iloji yo‘q.
Behruz Xudoyberdiyev, O‘zA