Sud ishida ayblanuvchi A. Turdanov ko‘rsatma bermoqda. U 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarda sportchilarning ishtirok etishini ta’minlagan va D. Tajimuratovni yelkasiga o‘tkazib, Jo‘qorg‘i Kengesni egallash maqsadida olib borgan.

Sudlanuvchi bu ishni o‘zi xohlab amalga oshirgani, uni hech kim majburlamagani haqida gapirdi. Azamat Turdanov, shuningdek, D. Tajimuratovga qarshi ko‘rsatma berdi. U Tajimuratovni “firibgar” va “jinoyatchi” deb atadi.

O‘zA