O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Jonatan Devid Xennikni qabul qildi.
Uchrashuv vazirga ishonch yorlig‘i nusxasini topshirish marosimi bilan boshlandi. O‘z navbatida, V.Norov elchini lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Suhbat davomida ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni, shuningdek, ikki tomonlama darajada va “C5+1” shaklida bo‘lajak tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.
Savdo-investitsiya aloqasini rivojlantirish, jumladan, O‘zbekiston iqtisodiyotiga Amerika kapitali va texnologiyalarini jalb qilish, to‘qimachilik, farmatsevtika, energetika, AKT jabhalarida qo‘shma korxonalar tashkil etish, moliyaviy hamkorlikni mustahkamlash imkoniyati mavjudligi qayd etildi. Tomonlar, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha ham fikr almashdilar. Ushbu mamlakatga xalqaro yordamni kengaytirish zarurligiga qayd etildi.
S.Rahimov, O‘zA