G20 a’zolarining ko‘pchiligi Rossiyaning Ukrainada olib borayotgan harbiy amaliyotini qoralamoqda, deya yozgan Financial Times gazetasi uchrashuv yakuni bo‘yicha tayyorlanayotgan kommyunike loyihasiga tayanib.

Unga ko‘ra, bugun Balida boshlangan sammitda G20 yetakchilari “hozirgi zamonda dunyoda urush bo‘lishi mumkin emas”, degan qarorga kelgan.

Nashrning yozishicha, kommyunike loyihasida aytilishicha, “G20 a’zolarining ko‘pchiligi Ukrainadagi harbiy harakatlarni keskin qoralagan va urushlar juda ko‘p insonlar boshiga azob-uqubatlarni keltirishini hamda  jahon iqtisodiyotidagi beqarorlik omillarini murakkablashtirishini ta’kidlagan”.

G20 sammiti 15-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tadi. Oliy darajadagi tadbirga Rossiya tomonidan mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etmoqda.

G20 sammitida Rossiya delegatsiyasi oziq-ovqat mahsulotlari va energoresurlar  yetkazib berishda aniq tashabbuslarni taqdim etishni rejalashtirgan. Shuningdek, Rossiya Turkiya bilan gaz bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, don va o‘g‘it mahsulotlarining yirik partiyalarini yetkazib berishni tashkil etish bo‘yicha tashabbuslarini ham bayon qiladi, deb ma’lum qilgandi avvalroq RF tashqi ishlar vazirligi, deb yozmoqda RIA Novosti.