AQSH Prezidenti Jo Bayden va Xitoy rahbari Si Szinpin Indoneziyaning Bali orolida muzokaralar o‘tkazishdi. Bu haqda “TASS” agentligi xabar berdi.
Bayden bu uchrashuvni “ochiq va samimiy” o‘tkaganini ta’kidladi.
Shuningdek, Vashington Pekin bilan ziddiyatga intilmayotganini qayd etdi.
“Biz xalqaro ustuvor masalalar haqida ochiq va samimiy suhbat olib bordik”, dedi Bayden jurnalistlarga matbuot anjumanida.
U, shuningdek, “Biz faol raqobatlashamiz, lekin men mojaroga intilmayapman, men bu raqobatni mas’uliyatli tarzda tartibga solishga harakat qilaman”, deb ta’kidladi.
O‘z navbatida Si Szinpin Vashingtonning Pekinga bosimi va Xitoy taraqqiyotini sekinlashtirishga qaratilgan urinishlarini “Xitoy xalqining irodasini faqat mustahkamlaydi”, dedi.
“Savdo va texnologik urushlarni yo‘lga qo‘yish, to‘siqlar va to‘siqlar yaratish – bunday urinishlar hech kimning manfaatiga to‘g‘ri kelmaydi”, deb qo‘shimcha qildi Xitoy rahbari.
Si Szinpin Xitoy Qo‘shma Shtatlari bilan munosabatlarni faqat o‘zaro hurmat va manfaatlar asosida qurish niyatida ekanini gapirib o‘tdi.
“Biz umumiy vaziyatni to‘liqroq hisobga olishimiz uchun dolzarb masalalarga jiddiy e’tibor qaratishimiz kerak. Xitoy – AQSH munosabatlarining barqaror rivojlanishi uchun qulay muhit yaratishimiz kerak”, deb xulosa qildi.
O‘zA