Kecha mahalliy vaqt bilan soat 16.20 atrofida Istanbul markazida portlash yuz berdi, uning oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, 81 kishi yaralandi. Bu haqda “Anadolu” agentligi Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga tayanib xabar berdi.
Davlat rahbari portlashni terakt, deb taxmin qilinayotganini aytdi.
Ommaviy axborot vositalariga vaqtincha portlash bilan xabarlar tarqalmaslik tavsiya etildi.
Tergov harakatlari natijasida 21 kishi qo‘lga olingan, ular orasida ayol kishi ham bor.
Kasalxonalarga yotkazilgan 81 kishidan 50 nafariga ko‘rsatilgan muolajalardan so‘ng ular uylariga chiqarilgan.
To‘rt kishining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.
O‘zA