Prezident Toshkentga qaytib keldi

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan 9-10 mart kuni davlat tashrifi bilan Dushanbeda bo‘ldi. 

Tashrif chog‘ida Millat qasrida Prezidentlarning yakkama-yakka uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan suhbatda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama keng qamrovli hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilindi.

6104a057-d22a-1894-fad4-caf6e4c122f1.jpg

O‘zbekiston va Tojikiston rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvda hamkorlikning boshqa muhim masalalari ham ko‘rib chiqildi. Muzokarada uzoq muddatli munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada rivojlantirish va hamkorlikning barcha yo‘nalishlaridagi mavjud yuksak salohiyatni imkon qadar to‘la ro‘yobga chiqarish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida ikki mamlakat rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida Do‘stlik va yaxshi qo‘shnilikni mustahkamlash to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonot, O‘zbekiston – Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.

fa634417-f9d8-9de9-45b4-97edd2b96180.jpg

Bundan tashqari, savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xo‘jaligi, suv-energetika, soliq, bojxona, turizm, fan-ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlik hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirishga doir 27 hujjat imzolandi.

Ushbu salmoqli hujjatlar to‘plami mamlakatlarimiz va qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish uchun yangi huquqiy asos yaratadi.

c3b70a99-33ac-7049-d6d4-bf038d6e55aa.jpg

Tashrifning ikkinchi kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Tojikiston Respublikasi parlamentining Majlisi namoyandagon palatasi raisi Shukurjon Zuhurov hamda ushbu mamlakat Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi.

Shu bilan davlatimiz rahbarining Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi yakuniga yetdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 mart kuni Toshkentga qaytib keldi.

 

O‘zA