Bugun ertalab Kiyevda yana havo trevogasi e’lon qilindi, deyiladi Kiyev shahri ma’muriyati Telegram-kanali orqali.

Havo trevogasi haqida ogohlantirish Kiyev viloyati ma’muriyati Telegram-kanalida ham joylashtirilgan.

Rossiya qurolli kuchlari o‘tgan uch kun davomida Ukraina infratuzilmalariga yuqori aniqlikdagi raketalar bilan zarba bermoqda. Xabarda ta’kidlanishicha, 10 oktyabr kuni Prezident Vladimir Putin Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan majlisda ushbu zarbalar Kiyevning Qrim ko‘prigida va Rossiyaning boshqa fuqaro ob’ektlariga terakt uyushtirgani uchun javob ekanini aytgan.

Ukraina energetika vaziri German Galuenkoning ta’kidlashicha, dushanba va seshanba kunlari mamlakat energetika infratuzilmalarining taxminan 30 foizi zarar ko‘rgan.