AQSH Federal zaxira tizimining sobiq rahbari Ben Bernanke hamda amerikalik tadqiqotchilar Duglas Daymond va Filip Dibviglar 2022 yil uchun Shvetsiya davlat banki tomonidan Alfred Nobel xotirasiga ta’sis qilingan mukofotga sazovor bo‘lishdi.

Bu haqda dushanba kuni Qirollik fanlar akdemiyasi Nobel qo‘mitasi e’lon qildi. Xabarda aytilishicha, olimlarga mazkur mukofot banklar va moliyaviy inqirozlarni tadqiq qilgani uchun berilgan.