Samarqandda o‘tkazilayotgan “Soliq va bojxona siyosatidagi islohotlar” mavzusidagi xalqaro davra suhbatida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon va Rossiya Federatsiyasidan ekspertlar ishtirok etmoqda.

Davra suhbatida mutaxassislar qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini berish amaliyotidan voz kechish masalasini muhokama qildi. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, bu jarayonda tovarlar va xizmatlar narxi pasaymaydi, chora-tadbirlar aholining to‘lov qobiliyatiga ta’sir qilmaydi, natijada ko‘proq tovarlar va xizmatlarni iste’mol qiladigan badavlat odamlar foyda ko‘radi.

O‘zbekistondagi mutaxassislar ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslarga to‘langan soliqni qaytarish orqali qo‘shimcha qiymat solig‘ini progressiv qilish taklifini ko‘rib chiqmoqda. Ishtirokchilar o‘z mamlakatidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Masalan, Ozarbayjonda qo‘shimcha qiymat solig‘i bo‘yicha keshbek taqdim etiladi, ya’ni naqd pul bilan to‘laydiganlar uchun 10 foiz, naqd pulsiz hisob-kitob uchun 15 foiz beriladi.

Ushbu chora-tadbirlar iste’molchilar orasida e’tiborni oshirdi va natijada savdo shoxobchalari aylanmasi to‘rt baravar oshdi.

 

G‘.Hasanov,
A.Isroilov (surat), O‘zA