Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov armanistonlik hamkasbi Ararat Mirzoyan bilan AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken ishtirokidagi telefon suhbatida Boku Armaniston bilan tinchlik shartnomasini imzolashga tayyorligini tasdiqladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Vazir Ozarbayjon mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash tarafdori ekanini va tinchlik shartnomasini imzolashga tayyorligini yana bir bor tasdiqlab, Boku Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasida yashovchi arman aholisining reintegratsiyasi bo‘yicha ishlarni davom ettirishini ta’kidladi”, deyiladi bayonotda.

Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, telefon orqali muloqot chog‘ida Boku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatni normallashtirish jarayonining boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha ham fikr almashilgan, muhokama qilinayotgan masalalar bo‘yicha taraqqiyotga erishish uchun aloqani davom ettirishga kelishilgan.

O‘zA