Rossiya ichki ishlar organlari migratsiya muddatini uzaytirmagan xorijiy fuqarolarning mamlakatdan o‘z vaqtida chiqib ketishini nazorat qiladi. Bu haqda Rossiyaning «Sputnik» yangiliklar agentligi xabar bermoqda.

12 oktyabrdan boshlab xorijiy davlatlar fuqarolari Rossiyadan chiqib ketishi yoki o‘zlarining huquqiy holatini tartibga solishi kerak. “Rossiya Prezidenti Vladimir Putin shu haqda tegishli farmonni imzoladi”, deyiladi xabarda.

Koluga viloyati ichki ishlar vazirligi boshqarmasining ommaviy axborot vositalariga ma’lum qilishicha, politsiya xodimlari qonunbuzarlarni qo‘lga olganda, ularni o‘rnatilgan amaldagi qonunchilikka binoan javobgarlikka tortish choralarini ko‘radi.

O‘zA