30 sentyabr kuni Moskvada MDH davlatlari xavfsizlik idoralari va razvedka xizmati rahbarlarining 18-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda Rossiyaning “RIA Novosti” axborot agentligi ma’lum qilgan. Xabarga ko‘ra, har yili o‘tkaziladigan tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyalari ishtirok etadi.
Maslahat organi faoliyati doirasida Rossiya Prezidentining Hamdo‘stlik mamlakatlari maxsus xizmat rahbarlari bilan videokonferensiya orqali uchrashishi rejalashtirilgan.