AQSH hukumati zo‘ravonlikni qoralaydi. Bu haqda Oq uy ma’muriyati matbuot kotibi Karin Jan-Per matbuot anjumanida gapirdi:
“Albatta, biz har qanday zo‘ravonlikni qoralaymiz. AQSH Prezidenti Jo Bayden doimo shu haqda gapiradi. Uning fikricha, ayniqsa, maktabda zo‘ravonlik juda dolzarb muammo”.
Dushanba kuni Ijevskdagi 88-maktabda otishma yuz berib, 15 kishi – to‘rt nafar katta yoshli va 11 nafar voyaga yetmagan o‘quvchi halok bo‘ldi. 24 kishi, jumladan, 22 bola yaralangan.
29 sentyabr Udmurtiyada qurbonlar xotirasiga motam e’lon qilindi.
O‘zA