Tolibon harakatining Doxadagi siyosiy idorasi rahbari Muhammad Suhayl Shohin Afg‘onistonning amaldagi rasmiy vakillari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 77-sessiyasi umumiy siyosiy bahsida qatnasha olmaganini “to‘g‘ridan-to‘g‘ri adolatsizlik”, deb atadi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoq orqali quyidagicha ma’lum qildi:
“Afg‘on xalqi yigirma yillik kurashdan so‘ng o‘zi uchun qadrli bo‘lgan hamma narsani qurbon qilib, mustaqillikka erishdi.
Afg‘oniston Islom Amirligi hukumati bu haqiqatni o‘z vakillari orqali BMT Bosh Assambleyasida eshittirishi lozim edi. Afg‘onlar bunga haqli edi. Bu ochiqdan-ochiq adolatsizlikdir”.
BMT BA 77-sessiyasi ish boshlamasdan ancha oldin ariza berganiga qaramay, Afg‘oniston vakili mazkur tadbirda qatnashmadi.
O‘zA