Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Nomzod Z.Mirzayev viloyatda sanoatni rivojlantirish bo‘yicha taklif va rejalarini bayon qildi.

Davlatimiz rahbari bor imkoniyatlardan samarali foydalansa, viloyatda sanoatni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish mumkinligini qayd etdi.

Mutasaddilarga:

  • sanoat zonalarini infratuzilma bilan ta’minlashga 250 milliard so‘m ajratish;
  • Angrenda kaolin xomashyosini chuqur qayta ishlab, farfor va keramika mahsulotlari ishlab chiqarish klasterini tashkil etish;
  • Bekobod tumanida chegara oldi savdo zonasini ishga tushirish;
  • viloyatdagi 100 ta mahalliy korxonani eksportchiga aylantirish dasturini amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

O‘zA