Xabar berganimizdek, Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Nomzod o‘z taqdimotida viloyatdagi eng dolzarb muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflar to‘g‘risida axborot berdi.

Jumladan, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘nalishida 150 ming nafar aholining doimiy bandligini ta’minlash, 40 mingta oilani kambag‘allikdan chiqarish, 15 mingta tadbirkorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, 6,5 mingta xizmat va savdo ob’ektlari tashkil etish rejalashtirilgan.

Shulardan kelib chiqib, Prezident mutasaddilarga:

  • joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari uchun qo‘shimcha ravishda 200 milliard so‘m, kelgusi yil uchun yana 850 milliard so‘m yo‘naltirish;
  • tadbirkorlik past rivojlangan Piskent, Bo‘ka, Bekobod va Oqqo‘rg‘on tumanlarida 2025 yil 1 yanvarga qadar yer, mol-mulk, aylanmadan olinadigan soliqlarni 1 foiz, foyda solig‘i stavkasini 50 foiz miqdorida belgilash, sotilmasdan turgan davlat mulki ob’ektlari boshlang‘ich qiymatini 2 baravar kamaytirish;
  • yil yakunigacha 34 ta mahallada Xotin-qizlar bandligini ta’minlash markazlarini tashkil etishni topshirdi.

O‘zA