Xitoy barcha mamlakatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining maqsad va tamoyiliga rioya etilishi tarafdori. Bu haqda “Sinxua” agentligi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Iga tayanib xabar berdi.
“Xitoy tinchlik tarafdori, biz o‘t ochishni to‘xtatish va Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan imkon qadar tezroq hal etilishiga umid qilmoqdamiz. Hozirgi sharoitda BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi sifatida mas’uliyatni his qilishimiz kerak”, deyiladi xabarda.
Van I, shuningdek, Xitoy Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning “yangi sovuq urush” qarshiligini yana bir bor oshkora ifoda etgani, lagerlar va guruhlar o‘rtasida qarama-qarshilikka, dunyoning bo‘linishiga qarshi chiqqanini qadrlashini aytdi”, deya qo‘shimcha qilingan “Sinxua” axborotida.