RIA Novostining yozishicha, AQSH O‘zbekiston va Tojikistonning Afg‘onistonda terroristlarga qarshi kurashda yordam berishi evaziga ushbu davlatlarga ellikka yaqin harbiy samolyoti va vertolyotlarini berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar tarqatgan Politico onlayn-nashri.
Bu yerda gap Amerikaning o‘tgan yili afg‘on uchuvchilari toliblardan omon qolish uchun O‘zbekiston bilan Tojikistonga olib qochib o‘tgan samolyot va vertolyotlar haqida ketmoqda.
“Reja shundan iboratki, O‘zbekiston va Tojikiston chegaralarini qo‘riqlashdagi xavfsizlikni kuchaytirish va terrorchilikka qarshi kurash sohasida munosabatlarni chuqurlashtirish bo‘yicha norasmiy kelishuvga ko‘ra, havo kemalarining ayrimlarini O‘zbekiston va Tojikiston hukumatiga berish”, – deyiladi materialda ismini aytmagan mansabdor shaxs.
Politico yozishicha, “Tolibon” qo‘shnilaridan AQSH Afg‘onistonda ag‘darilgan hukumatni ta’minlab kelgan yengil jangovar samolyotlar va vertolyotlarni qaytarib berishni talab qilib kelmoqda.