Bugun ertalab Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etuvchi davlatlar rahbarlari Samarqanddagi Kongress markaziga yetib kelishdi. Ishtirokchilarni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Sammitning asosiy tadbirlari oldidan qo‘l berib ko‘rishish va birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi. Uchrashuvni Prezidentimiz kirish so‘zi bilan ochib sammitga yig‘ilgan davlat rahbarlarini Buyuk Ipak yo‘li kesishgan qadim Samarqand zaminida ko‘rib turganidan xursandligini bildirdi.

 

O‘zA