O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev SHHTning Samarqand sammitida tashkilotni rivojlantirish bo‘yicha 2040 yilgacha bo‘lgan strategiyasini qabul qilish taklifini ilgari surdi.

“Xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda, biz 2040 yilgacha rivojlanish strategiyasini tayyorlashga kirishishimiz mumkin. Ushbu dasturiy hujjat ko‘p tomonlama hamkorligimizning barcha yo‘nalishini qamrab olishi zarur”, – dedi  Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston rahbarining ta’kidlashicha, ushbu hujjat tashkilotning muhim vazifalarini hal qilishga, ya’ni  “birdamlikni mustahkamlash, o‘zaro ko‘maklashish va Shanxay ruhi tamoyillari asosida hamkorlik qilish” imkonini beradi. “Biz faqat shu yo‘l bilan SHHT mintaqalarida tinchlik, barqarorlik va farovonlikni  ta’minlay olamiz”, – deya qo‘shimcha qildi Mirziyoyev.