Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining Samarqandda o‘tadigan navbatdagi majlisida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun 15 sentyabr kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Samarqand sammitida Belarus davlatining SHHTga a’zolik arizasi ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

A.MUSAEV,
O‘zA