SHHT Bosh kotibi Chjan Min bugun Eron uchun ham, tashkilot uchun ham muhim kun bo‘lganini ta’kidladi.

Eronning a’zolikka qabul qilinishi Shanxay hamkorlik tashkilotini mustahkamlashi shubhasiz. Memorandumda ko‘zda tutilgan barcha majburiyatlar bajarilgandan keyin, Eron Islom Respublikasi ham SHHTning to‘laqonli a’zosiga aylanadi.

Eron 2005 yilda SHHTda kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi. SHHTning 2021 yil sentyabrda Dushanbeda bo‘lib o‘tgan sammitida Eronni tashkilotga a’zo qilib olish jarayoni boshlangandi.