AQSH 2023 yilning oxiriga qadar armiyani gipertovushli qurol bilan ta’minlashga umid qilmoqda, deb bayonot berdi mamlakat mudofaa vazirining o‘rinbosari Geyb Kamarillo Defense News konferensiyasida.

“Men biror-bir kechikishni ko‘rayotganim yo‘q”, — dedi Kamarillo gipertovushli qurol bilan ta’minlash muddati o‘zgarishi mumkinmi, degan savolga javob berar ekan.

Uning ta’kidlashicha, amerikalik harbiy ixtirochilar “tezligi juda yuqori va kutilgandan ham samarali” yangi qurol tizimini yaratishga muvaffaq  bo‘lgan. Mazkur qurol AQSH armiyasini modernizatsiyalashgan qurollar bilan tezroq ta’minlash  dasturi doirasida yaratilmoqda, deyiladi xabarda.