Yana sanoqli daqiqalardan so‘ng poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlanadi.

Kuni kecha davlatimiz rahbarining “Tadbirkorlar kuni munosabati bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni e’lon qilingan edi.

Unga ko‘ra, mamlakatimizda tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini keng joriy etish borasida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, respublikamizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini oshirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan, o‘zining tashabbuskorligi, bilim va tajribasini yaqqol namoyon etib, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida ibrat va namuna ko‘rsatayotgan, shuningdek, jamiyatda o‘zaro ko‘mak, saxovat va mehr-oqibatni kuchaytirishga qaratilgan ezgu ishlardagi faol ishtiroki uchun bir guruh tadbirkorlar orden va medallar bilan taqdirlandi.

Xalqaro kongress markazida Shavkat Mirziyoyev bir guruh tadbirkorlarga davlat mukofotlarini topshirmoqda.

O‘zA