AQSH bu haqda yetarlicha ma’lumotga ega ekanini ma’lum qildi va mintaqadagi ittifoqchilarini ushbu ssenariyga javob choralarini tayyorlab qo‘yishga chaqirdi, deb bayonot berdi payshanba kuni Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari o‘rinbosari Vedant Patel.
“AQSHning gumon qilishicha, KXDR yangi yadro sinoviga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu sababli AQSH Yaponiya va Janubiy Koreya bilan birgalikda javob choralarini ishlab chiqmoqda”, – dedi Patel telefon orqali o‘tkazgan brifingda.