O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 3-bandiga, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga hamda “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 70-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati

Q  A  R  O  R     Q  I  L  A  D  I:

1. Baxtiyar Djaxangirovich Islamov sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi lavozimiga saylansin.

2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

   O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining

                  Raisi                                                                 T.Narbayeva

 

Toshkent shahri,

2022 yil 10 avgust