28 iyun kuni Vladimir Putin Dushanbeda Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Ikki davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, harbiy-texnikaviy sohalardagi hamkorlikni muhokama qildilar. Muloqot davomida Afg‘onistondagi vaziyatga alohida e’tibor qaratilgan.
“Bilasizmi, biz bu mamlakatda vaziyat barqarorlashishi uchun bor kuchimizni ishga solyapmiz, holatni nazorat qilayotgan siyosiy kuchlar bilan munosabat o‘rnatishga harakat qilmoqdamiz”, dedi Putin.
Bu ikki davlat yetakchilari joriy yil ikki marta uchrashdi. Avvalroq ular 16 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti yubiley sammitida ko‘rishgan edi.
Bundan tashqari Putin va Rahmon yanvar oyidan beri olti marta telefon orqali muloqot o‘tkazgan.