Davlatimiz rahbarining Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

– To‘rtinchi yo‘nalish – O‘zbekistonda insonparvar, demokratik huquqiy davlat qurish masalasidir. Huquqiy davlat – insoniyatning ming yillar mobaynidagi mashaqqatli mehnati evaziga shakllangan taraqqiyot g‘oyasi va buyuk kashfiyotidir.

Faqat huquqiy davlat sharoitidagina insonning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmatini to‘liq ta’minlash, tom ma’noda xalqparvar boshqaruv tizimini shakllantirish mumkin. Huquqiy davlat – demokratik tamoyillar asosida qabul qilingan qonunlar oldida barcha teng va hisobdor bo‘lgan, hech kim qonundan ustun turmaydigan davlatdir. Shu ma’noda, men “O‘zbekiston – huquqiy davlat” degan g‘oyani Konstitutsiyamizda aniq mustahkamlab qo‘yishni taklif etaman – dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zA