Davlatimiz rahbarining Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

bugungi shiddatli zamonda inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan demokratik fuqarolik jamiyati barpo etish orqali O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaroning rivojlangan davlatlardagi insonlardan kam bo‘lmagan holda ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratish – asosiy vazifa ekanligi aytildi.

– Biz ishlashga – ishi, yashashga – uyi bo‘lgan, fuqarolari tinch va erkin, hayotdan mamnun, dasturxoni to‘kin, oilasi baxtiyor va farovon yashaydigan davlat qurishni maqsad qilganmiz. Ana shunday buyuk ishlar arafasida turibmiz. Kuchli iqtisodiyot barpo etib, dunyoda munosib o‘rnimizni egallashimiz, xalqimizga yuksak sharoitlar yaratish uchun ham juda ko‘p ishlarni birgalikda amalga oshirishimiz kerak. Betakror yurtimizda barqaror jamiyatni va bardavom taraqqiyotni ta’minlash – barchamizning bosh maqsadimizdir, – dedi Prezident. – Men butun xalqimizni ana shu buyuk maqsadga erishishda o‘zaro birdamlikka va hamjihatlikka chaqiraman.

Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yorqin ifodasi bo‘ladigan yangilanayotgan Konstitutsiyamizga tayanib, Yangi O‘zbekistonni albatta birgalikda barpo etamiz.

Oradan yillar, asrlar o‘tadi, lekin g‘oyat murakkab sharoitda bunday ulkan islohotlarni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shgan insonlarni kelgusi avlodlar hech qachon unutmaydi.

O‘zA