Nukusda yoshlar o‘rtasida mini futbol va futbol bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun musobaqaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi davom etmoqda.
Futbol bo‘yicha “Turon” hamda bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi o‘yingohlarida davom etayotgan musobaqada yarim finalchilar aniqlandi.
Nukus Olimpia va paralimpia zaxiralari kollejida boshlangan mini futbol bo‘yicha musobaqada shahar va tuman bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 17 ta mahalla, ovul, shaharcha fuqarolar yig‘ini jamoalari ishtirok etmoqda. Ikkinchi tur bahslarida Ellikqal’a, Xo‘jayli, Mo‘ynoq, Nukus tumanlari jamoalari g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikki o‘yin durang natija bilan tugadi.
G‘olib jamoalar avgust oyida bo‘lib o‘tadigan final bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA