Xalq banki: Mo‘ynoqliklarga shodlik ulashgan voqea

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida oxirgi uch yil davomida respublika bo‘yicha 130 ga yaqin tuman va shahar filiallarini zamonaviy qiyofada to‘liq qayta ta’mirlab, foydalanishga topshirdi.

Bugun ana shunday filiallardan navbatdagisi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida yangidan foydalanishga topshirildi.

2.jpg

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani hokimi Saylovboy Doniyorov, aksiyadorlik tijorat Xalq banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali rahbari Omongeldi Safarboyev va boshqalar mamlakatimizda olib borilayotgan jadal islohotlar Respublikamiznig eng chekka tumanlaridan biri sanalgan Mo‘ynoq misolida ham o‘z samarasini berayotganligini takidlashdi.

Ushbu tuman Qoraqalpog‘iston Respublikasining markazi Nukus shahridan 220 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, bu yerda 21 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.

Xalq bankining zamon talablari darajasida qurilib jihozlangan Mo‘ynoq filialining yangi binosini foydalanishga topshirilishi mo‘ynoqliklar uchun quvonchli bayramga aylanib ketdi.

3.jpg

– Shu paytga qadar bizning tumanimizda bu kabi barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy bank yo‘q edi. Ushbu bank bilan avvalgisi o‘rtasida yer bilan osmon farq bor. Bank binosining ichiga kirib ko‘rdim, judayam chiroyli va zamonaviy qurilgan. Bu yerga keladigan aholi uchun yaratilgan qulayliklar, mebellar va jihozlarni ko‘rib ko‘zing quvnaydi. Davlatimiz rahbariga, bank mutasaddilariga mo‘ynoqliklar nomidan minnatdorlik bildiraman deydi mehnat faxriysi, Tajiguradova Sarvinoz.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, o‘tgan yili Xalq bankining Oqmang‘it filiali 2 milliard 238 million so‘m mablag‘ hisobiga yangidan bunyod etilgan bo‘lsa, 2015-2016-yillarda bankning Taxiatosh, Kegeyli, Beruniy, Chimboy, Shumanay tuman filiallari to‘liq qayta ta’mirlanib foydalanishga topshirilgan.

5.jpg

Xalq banki Mo‘ynoq filiali qurilishiga esa 2 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.