O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji bilan tanishish maqsadida 12 may kuni Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi.

Safar davomida borilishi rejalashtirilgan joylar ko‘p va xilma-xil. Jumladan, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik, to‘qimachilik tarmoqlaridagi korxonalar faoliyati bilan tanishish, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish mo‘ljallangan.