Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:

1. Ишсиз xotin-qizlar va yoshlarni tadbirkorlik, bank-moliya sohasidagi bilimlarini oshirish hamda doimiy bandligini ta’minlash;

2. Boquvchisi bo‘lmagan va nogiron xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, uy xo‘jaligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga ko‘maklashish;

3. Ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy-ma’naviy va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash;

4. Uyushmagan yoshlarni kasb-hunar egallashga jalb qilish, ularga ijtimoiy-ma’naviy va psixologik ko‘mak ko‘rsatish;

5. Mahallalardagi ehtiyojmand aholi, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarning xohish va istaklarini o‘rganish hamda iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash;

6. Mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarga tizimli profilaktik, bandlik va boshqa shu kabi sohalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish;

7. Низоли vaziyatlar, oilaviy-maishiy zo‘ravonlik, o‘z joniga qasd qilish holatlarini oldini olishda jamoatchilikning rolini yuksaltirish;

8. Notinch va noqobil farzandlari bo‘lgan oilalar bilan manzilli ish olib borish, barqaror ma’naviy muhitni yaratish;

9. Odam savdosini oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlar va undan jabr ko‘rganlarga ijtimoiy-psixologik, iqtisodiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatish.

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

2. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb sayti va t.me/group_jamoat_fondi telegram kanalida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;

3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;

4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;

6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 100 million so‘mgacha.

Hujjatlar 2022 yil 30 aprelidan 31 mayigacha qabul qilinadi.

Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.