“Mening rejamda elektromobil xarid qilgan fuqarolarga soliq yengilliklarini berish ham kiradi”, – dedi AQSH Prezidenti Jo Bayden Oq uyda mamlakat iqtisodiyotiga bag‘ishlab qisqacha ma’ruza qilganida.
Uning aniqlik kiritishicha, bu haydovchilarga har oyda yoqilg‘i uchun 80 dollar iqtisod qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, AQSH Prezidenti quyosh panellari va yoqilg‘i nasoslarini, shuningdek, energiyani tejaydigan deraza hamda eshiklarni xarid qilgan fuqarolarga ham soliq imtiyozlari berilishi haqida va’da berdi.
Prezidentning ta’kidlashicha, bu ham bir yilda o‘rtacha 500 dollar tejash imkonini beradi. AQSH Prezidenti 19 aprel kuni Nyu-Gempshir shtatida so‘zga chiqqanida, inflyatsiya va benzin narxining oshishiga Ukraina atrofidagi vaziyat sabab bo‘lganini aytgan edi.