Oliy Majlis Senati yalpi majlisida davlat rahbari tomonidan bildirilgan takliflar asosida takomillashtirilgan “Inson a’zolari va to‘qimalari to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.

Qonunning samarali ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.

– Transplantatsiya jarayonlarini sifatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qonunosti hujjatlari ishlab chiqiladi, – dedi Tanzila Norboyeva. – Transplantatsiya xizmati aholiga yaqinlashtirilib,  hududlarda bu boradagi amaliyotlarni sifatli va samarali yo‘lga qo‘yish kerak. Barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyotini yo‘lga qo‘yish zarur.

Buning uchun tegishli tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika va kadrlar salohiyatini oshirish kabi yo‘nalishlarda qator vazifalar aniq muddatlar bilan belgilangan. Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasidan mazkur “Yo‘l xarita”dagi vazifalarni so‘zsiz ijrosini ta’minlash borasida doimiy ish olib borish talab etiladi. Har oyda “Yo‘l xarita” ijrosi bo‘yicha eshituvlar tashkil eshiladi.

Qonun kasallanish va inson a’zolaridagi qaytarib bo‘lmaydigan jarayonlar tufayli o‘limga olib keluvchi holatlarni qisqartirishga xizmat qiladi.

N.Abduraimova, O‘zA