Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Indoneziyada bo‘ladigan G20 sammitiga borish yoki bormasligi haqida qaror hali qabul qilinmaganini ma’lum qildi.

Avvalroq, Indoneziya moliya vaziri Mulyani Indravati yil oxirida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga barcha G20 davlatlari rahbarlari taklif etilganini, jumladan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham taklif qilinganini ma’lum qilgandi.

“Tegishli qaror qabul qilinganda, biz sizga xabar beramiz. Hozircha hech qanday qaror qabul qilingani yo‘q”, – dedi Peskov jurnalistlarga.