Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiyada kosonlik faollar O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov nomidagi respublika tanlovini tashkil etish taklifini bildirdi.

Prezident ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlashini, lekin bu tanlovni avvalo viloyatda o‘tkazish keyin butun respublika bo‘yicha namuna qilish lozimligini qayd etdi.

–Avvalo, bu taklif menga ma’qul. Lekin mening ham taklifim bor. Kinochilarimiz  Abdulla Oripov hayoti va ijodiga oid alohida bir film ishlasin. Abdulla Oripov haqida bundan ham kino ishlasak arzimaydimi? U kishi bilan ko‘p hamsuhbat bo‘lganman. Bitta she’r yozish uchun o‘nta kitob o‘qirdi,– dedi Prezident. – Tahririyatlarga she’rini berib, o‘n martalab o‘zgartirib, maromiga yetkazardi. U kishining ishga, so‘zga mas’uliyati kuchli bo‘lgan.

O‘zA