Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallabay ishlash tizimi natijadorligini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

–Xabarlaringiz bor, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 500 million dollar va 2 trillion so‘mdan ziyod mablag‘lar yo‘naltirishni belgilab olgan edik.

Shuningdek, ayni paytda tadbirkorlarni eng bezovta qilayotgan soliq ma’murchiligi, tekshiruvlar, ruxsatnomalarni soddalashtirish, byurokratiya va korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik kabi choralarni ham belgilab oldik.

Bugun esa Bosh vazir o‘rinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari 2 ta eng muhim masala bo‘yicha hisobot beradilar:

– hokim yordamchilari 3 oylik faoliyatining dastlabki natijalari;

–aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha birinchi chorakda amalga oshirilgan ishlar,– dedi davlatimiz rahbari so‘zining avvalida.

O‘zA