Ukraina Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Irina Vereuk Prezident Vladimir Zelenskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga tayyor ekanini tasdiqladi.
“Prezidentimiz Putin bilan uchrashishga, Muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyor. Ukraina Prezidentini aholining 90 foizi qo‘llab-quvvatlaydi. Xalq unga Ukraina milliy manfaatlarini himoya qilish uchun muzokara olib borishga to‘la vakolat bergan”, – dedi Vereuk BFMTV telekanalida so‘zga chiqib.
“Nima haqda so‘zlashishi mumkin? Muzokarani o‘t ochishni to‘xtatishdan boshlash kerak. Siyosiy jarayonlarda muzokaralar shunday boshlanishi kerak. Zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarur”, – deya ta’kidladi u. Uning ta’kidlashicha, siyosiy muzokaralarga o‘tishdan oldin gumanitar yo‘laklar bo‘yicha ham ish olib borish zarur.